“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bugun, 7-dekabr kuni Qo‘shrabot tumani hokimligida tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!” shiori ostida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Tadbirda tuman tashkilotlari rahbarlari, ta’lim muassasalari va korxonalarda mehnat qilayotgan xodimlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tuman Madaniyat bo‘limi hamda Bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlarining musiqiy dasturlari bilan ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda bir guruh ilk marotaba pasport olayotgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi ID kartalari topshirildi.