2025-yilgi dastlabki siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi.
Bugun, 3-yanvar kuni Qo‘shrabot tumani hokimligi apparat xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy-ma’rifat soatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi bosh mutaxassisi Sh.Ravshanov tomonidan “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan ma’lumotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar nafaqat yoshlarga, balki katta yoshdagi fuqarolarga ham ta’sir ko‘rsatayotganligi hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.