JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT BILAN KURASHAMIZ
Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyatlar tobora avj olmoqda. Mana shunday bir sharoitda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda bugun, 6-noyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi birgaligida tuman Soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, salbiy illatlardan asrash zarurligi haqida so‘z bordi.
Davra suhbati yakunida xodimlarga "Tinchlik qadri" nomli videolavha namoyish etildi.