Milliy liboslarimiz targ‘ibotida barcha birdek faol!
Bilamizki,qadimdan inson qaysi millatga mansub ekanligi birinchi navbatda uning libosiga qarab aniqlangan.Har bir millat o‘ziga xos kiyinish madaniyatiga ega. Madaniyat ko‘zgusi bo‘lgan milliy liboslarimiz yosh avlodlarda hurmat, qadr tuyg‘ulari bilan asrab-avaylanishlari uchun targ‘ibot tadbirlari o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatadi.
Jumladan tuman markazida joylashgan 1-sonli DMTT tashkiloti hodimlari ham "Milliy libos-milliy g‘urur" Keling momolarimizdan meros bo‘lgan milliy liboslarimiz qaysi zamonda bo‘lmasin, barchani birdek havasini keltirib,o‘ziga mahliyo qilishining yana bir bor isboti bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xotin-qizlar chiroyiga chiroy,ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan milliy liboslarimiz qadrini baland tutishimiz bu - nafaqat milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan hurmat,balki xotin-qizlarimiz uchun ham mos liboslarimizni saqlab qolishimiz,ajdodlarimizga munosib avlodlar ekanligimizning yana bir yorqin namunasi hamdir.