Sektor rahbarlari va Probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslar uchrashuvi
"2025-yil Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 1-son Qaror yuzasidan tasdiqlangan yo‘l xaritaning tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan tuman sektor rahbarlari ishtirokida Probatsiya guruhi hisobida o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni sodir qilgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda nazoratda turuvchi shaxslarning taklif va murojaatlari tinglandi. Murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi va muddat talab etuvchi masalalar mas’ullarga biriktirilib, ijrosi tuman IIB tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, ularga davlatimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashi, sinov davrida ekanligi, bu paytda probatsiya nazoratida bo‘lishi, noto‘g‘ri yo‘lga yana qaytib qadam bossa, boshqa kechirilmasligi tushuntirildi.