Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Bugun, tuman hokimi D.Shakarboyev boshchiligida sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tuman markazidagi 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida xususan, fuqarolar tomonidan kadastr masalasi, davolanish, elektr energiya, ishga joylashish, kredit olish va ichki yo‘llarni ta’mirlash shu kabi 30 dan ziyod masalalarda murojaatlar yo‘llandi.
Muammolar yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, muddat talab murojaatlar ijrosi tegishli mas’ullar zimmasiga yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.