Shovana mahallasida "Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol" shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Ayol! Ona! Bu hayotning yaratuvchisi, uni mukammal etguvchi zotdir. Hayot aslida onadan boshlanadi. Ona bor ekan, beshik tebranadi, allalar aytiladi.
Qo'shrabot tumani, Shovana mahallasida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda tuman hokimining o'rinbosari Sohiba Maxmudova, mahalladagi nuroniy onaxonlar hamda xotin-qizlar ishtirok etdi. Shavona mahallasi hududida joylashgan madaniyat uyida bo'lib o'tgan tadbirda maktab o'quvchilari ijrosidagi kuy va raqslar bayram ishtirokchilarining ko'nglini yanada xushnud etdi.
Qiziqarli va ko'tarinki ruxda bo'lib o'tgan tadbir yakunida mahallaning faol xotin-qizlari tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.