Tumanning investitsiya salohiyati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan PRESS-TUR tashkil etildi.
Bugun tuman hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i V.Pulatov hamda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Press-tur ishtirokchilari tumanning investitsiya salohiyati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan Namuna mahallasida joylashgan “Kichik sanoat zonasi”da faoliyat olib borayotgan “Zarkent na’munasi” xususiy korxonasiga tashrif buyurishdi.
Korxona tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda 5 nafar ish o‘rinlari yaratilgan.
Ishtirokchilar korxonada tomchilatib sug‘orish shlanglari va har-xil turdagi polietilen quvurlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.[hide][/hide]