#TIBBIYOT_XODIMLARI_KUNI
Yurtimiz osoyishtaligi va jamoat salomatligi yo‘lida olib borilayotgan ulkan ishlar, aholi salomatligi yo‘lida tizimli islohotlar, tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e'tibor bugungi kunda yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda.
Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi yurtimiz bo‘ylab "Tibbiyot xodimlari
kuni" bayrami sifatida keng nishonlanib kelinadi.
Ushbu kun munosabati bilan Qo‘shrabot tuman hokimligida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev so‘zga chiqib ushbu sohada faoliyat olib borayotgan jonkuyar fidoyi xodimlarni kasb bayrami bilan muborakbod etib, jamoada o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarni topshirdi.