Qo‘shrabot tumanida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Xotin-qizlar sportini rivojlantirish kelajakda farzandlarimizning sog‘lom bo‘lishi bu esa yurtimizning farovon bo‘lishi va gullab yashnashini ta’minlaydi. Yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzi qaror topadi va yoshlar o‘rtasida turli kasalliklar, zararli odatlarning oldini oladi.
Tumandagi xotin-qizlar o‘rtasida “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” shiori ostida sportning voleybol, shaxmat va shashka turlaridan musobaqalar bo‘lib o‘tdi.