“Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasi tashkil etildi.Bugun, 19-iyun kuni Qo‘shrabot tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 15-may kuni ta’lim sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kunlik” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "l“Yoz-Barkamol bilan” shiori ostida “Barkamol avlod” bolalar maktabining to‘garak a’zolari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa 5 ta shart asosida o‘tkazildi.
Musobaqada Mudofaa Vazirligiga qarashli Qo‘shrabot tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari, to‘garak a’zolari hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
Musobaqada faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
