Harbiy qismda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shrabot tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Vatan tayanchi” otryadi o‘quvchilari Mudofaa vazirligiga qarashli Zarkent shaharchasida joylashgan harbiy qismda bo‘lishdi.
Harbiy qism komandiri podpolkovnik S.Ubaydullayev va tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Y.Murtazoyev ishtirokida o‘quvchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda o‘quvchilar o‘zining qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar harbiylarga yaratilgan sharoitlar, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun harbiy qism ichida joylashgan sport zali, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi sinfxonalari bilan yaqindan tanishishdi.