Kichik sanoat zonalari faoliyati o‘rganildi
Qo‘shrabot tumanida kichik sanoat zonalari holati o‘rganildi. O‘rganishda tuman hokimining mas’ul o‘rinbosarlari, viloyatdagi Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiya vakillari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Tekshiruv davomida faoliyati vaqtincha to‘xtagan yoki hali ish boshlamagan korxonalar ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlarga kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Maqsad — kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va sanoat zonalarida ish faoliyatini jonlantirish!
