Tuman hokimi D.Shakarboyev Qo'shtamg'ali mahallasidagi
6-umumiy o'rta ta'lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Maktabda darslarning o'tilishi o'quvchilarning davomati, tartib-intizom, kiyinish madaniyati bilan birgalikda maktabning issiqlik tizmining ishlashi ko'zdan kechirildi.
Shu bilan birgalikda 6-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Kambag'allikdan Faravonlik sari" dasturi doirasida Qo'shtamg'ali mahallasiga biriktirilgan "SAM Texno Stroy Invest" qurilish korxonasi tomonidan qurilayotgan qo'shimcha binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.