“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida umumta’lim maktablarida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Barchamizga ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyatlar tobora avj olmoqda. Mana shunday bir sharoitda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda bugun, 13-mart kuni 82-umumta’lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida o‘quvchilarga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoʻshrabot tuman boʻlinmasi xodimlari tomonidan internet tarmog‘i orqali tarqatilayotgan ma’lumotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar nafaqat yoshlarga, balki katta yoshdagi fuqarolarga ham ta’sir ko‘rsatayotganligi hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tildi.