Qo‘shrabot tumanida “Kashtalar jilosi” festivali bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shrabot tumanida milliy hunarmandchilikni targ‘ib qilish, qadimiy kashtachilik san’atini yosh avlodga yetkazish va ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kashtalar jilosi” festivali tashkil etildi.
Festival tumandagi “Hunarmand” uyushmasi bo‘limi, mahalla faollari va Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Maxmudova boshchiligida bir qator hunarmandlar, kashtado‘zlar va yosh ijodkorlar ishtirok etdi.
