8-mart - “Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, tumandagi korxona va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan faol ayollar, faol xotin-qizlar hamda tumandagi ijtimoiy himoya reestridagi xotin qizlar qatnashdi.
Tantana ishtirokchilarini samimiy qutlagan tuman hokimi Dilshod Shakarboyev ularning timsolida bugungi kunda davlat xizmatida, tadbirkorlikda, farzand tarbiyasida, o‘qishda, qo‘yinki, hayotning har bir jabhasida faol bo‘lgan barcha xotin-qizlarga bayram tabrigini yoʻlladi.
Tadbir davomida tuman Maʼdaniyat boʻlimi xonandalari, shuningdek, 5-son Musiqa va sanʼat bolalar maktabi oʻquvchilarining chiqishlari, qadrdon kuy-qo‘shiqlar, mumtoz raqslar bayram tadbiriga yana-da shukuh va fayz bag‘ishladi.
Bayram yakunida tadbir ishtirokchilariga gul va esdalik sovgʻalar ulashildi.