SALOMATLIK
Xalq tibbiyot tizimidan qachon rozi bo‘ladi? Qachonki, bu yo‘nalishdagi islohotlar sifatli va manzilli amalga oshirilsa, albatta.
Shu bois bugun davlatimiz rahbari soha oldiga butunlay yangi talab va vazifalar qo‘ymoqda. Eng avvalo, sifatli tibbiy xizmatni “Mahallagacha tushirish”, ular tarmog‘ini yanada kengaytirish, tizimni odamlarga yanada yaqinlashtirish, bu orqali yurtdoshlarimizning sog‘liqni saqlash yo‘nalishidan roziligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilyapti.
Xususan, bugun Qo‘shrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Pangat mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik natijasida aniqlangan bemorlarga viloyat va tuman shifoxonalarida davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, ushbu jarayonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sardor Rasulov boshchiligida yotoqli keksa nuroniylarning xonadonlariga tashrif buyurilib, tibbiy ko‘rik ishlari amalga oshirildi.