Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Bugun, 13-dekabr kuni Qo‘shrabot tumani FVB tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida navbatdagi tadbir "Tuman elektr tarmoqlari korxonasi"da favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlariga yong‘inlarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish chora-tadbirlari va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, yo‘riqnoma va eslatma materiallar tarqatildi.
Shuningdek, tadbir doirasida o‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda amaliyotlarni amaliy tarzda bajarishdi.
Bu kabi profilaktik tadbirlar joylarda davom etmoqda.