Radikalizm xatari, diniy ekstrimizm va terororizmning oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida “Jaholatga qarshi - ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bugungi axborot asrida, globallashuv jarayonida turli yot oqimlar, xususan, diniy aqidaparastlarning zararlaridan saqlanish, uning oldini olish uchun chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktik tadbirlarning o‘rni katta. Ana shunday tadbir bugun Qo‘shrabot tumani markazidagi 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Jaholatga qarshi - ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari va xodimlari, mahallalar beshligi, nuroniylar va yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shrabot tuman bo‘linmasi vakillari mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, islom dinining asl mohiyati, yurtimizda yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimiz hayoti va boy ilmiy-ma’naviy me’rosi, shuningdek, ayrim yurtdoshlarimizning bilib-bilmay xatarli yo‘llarga kirib qolayotganlari va buning ayanchli oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bayon etishdi. Tadbir davomida yigʻilganlarga “Ibrat yo‘li” nomli videofilm namoyish etildi. Tadbirda tumanimiz oqsoqollari, nuroniylar, diniy ulamolar ham soʻz olib, bu kabi targʻibot tadbirlarining yoshlarimizni toʻgʻri tarbiyalashda, ularni turli yot gʻoyalar ta’siridan saqlashda nechogʻlik ahamiyatli ekanligi xususida soʻz yuritishdi.
Shuningdek, ushbu ma'naviy-ma'rifiy tadbir tumanning “Shavona”, “Zarkent”, “Pichot”, “Ozod”, “Qo‘shrabot”, “Chimmos” mahallalarida bo‘lib o‘tdi.