Tuman hokimi og‘ir toifaga kiritilgan Xonnazar mahallasida bo‘ldi.
Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyev, tuman hokimi o‘rinbosarlari va tegishli mas’ullar bilan birgalikda tumanning og‘ir toifaga kiritilgan Xonnazar mahallasida bo‘lib aholining turmush sharoitlarini o‘rgandi.
Jumladan, ushbu mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun 4 ta artezan qudug‘i, 4 ta suv nasosi, 13 km suv tarmog‘i, 3 ta yangi transformator, 3 km elektr sim kabel tarmog‘i, 75 dona beton tayanch ustunlari, 65 ta tungi yoritgichlar o‘rnatish rejalashtirilgan.