Respublika ishchi guruhi Qo‘shrabot tumanida xavfsizlik masalalarini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi Qo‘shrabot tumanida bo‘ldi.
Ishchi guruh vakillari jinoyatchilikning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganishlar davomida Qo‘shrabot tuman hokimligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan 1-sonli qaror asosidagi “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha vazifalar taqsimoti va amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Mazkur chora-tadbirlar joylarda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikni kamaytirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan.
O‘rganish ishlari hududlarda davom etmoqda...