Qo‘shrabot tuman prokurori yordamchisi Otabek Abjalov ishtirokida ishchi guruh tomonidan tumanda energiya samaradorligiga erishish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar davom etmoqda.
Ishchi guruh tomonidan tumanda energetika tizimini yaxshilash, energiya resurslarini talon-toroj etilishini oldini olish, o‘g‘irliklarni fosh qilish hamda energiya samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, tumandagi iste’molchilarga energiya resurslarini yetkazib berish bo‘yicha mas’ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shu bilan birga, energiya resurslarini iqtisod qilish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganilib, resurslarni iqtisod qilish, ularni talon-toroj etilishini oldini olish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilib, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash ahvoli ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
скачать dle 11.3