Yangi_tayinlov
Xaydarov Shohjaxon Yoqub o‘g‘li – Qo‘shrabot tumani hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sh.Xaydarov 1996-yil Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi Investorlar bilan ishlash va monitoring qilish shu’basi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan