#Yangi_tayinlov
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Xo‘jamqulov O‘ktam Murodimovich Qo‘shrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘. Xo‘jamqulov 1984-yil Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qo‘shrabot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan edi.