Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Bugun Qo‘shrabot tuman hokimligida “Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida tuzilgan shtab mas’ullari saf tortishdi.
Mas’ullarga tuman hokimi Dilshod Shakarboyev rahbarligida respublika ishchi guruhi a'zolari, sektor rahbarlari hamda mahalla nuroniylari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil qilindi.
Seminarda, kuz-qish shtabida sohaga mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, resurslarni iqtisod qilish, noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida sohaga mas’ul tashkilot rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilayotgan choralar xususida hisobotlari eshitilib, yakunda ularga bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.