Qo‘shrabot tumanidagi xorijiy korxonalarga aloqador muammo va takliflar o‘rganilmoqda.
Bugun tuman hokimi D.Shakarboyev tumandagi “FUJIAN XINWANCHENG INVESTMENT” XK qarashli granit toshlarini qazib olish va qayta ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona faoliyati bilan tanishib, korxonaga aloqador muammo va takliflarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonda tuman hokimi tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirib o'tdi.
Shuningdek, "FUJIAN XINWANCHENG INVESTMENT” MCHJ xorijiy korxonasida qurilish ishlari boshlanib, tumanimizga bugungi kungacha 10 mln dollar miqdorida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. 2025-yil ishga tushib 200 nafar ish o'rinlari yaratiladi.