Qo‘shrabotda granitni qazib olish va qayta ishlashga mo‘ljallangan korxona ishga tushadi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Jalilov boshchiligidagi mas’ullardan tashkil topgan ishchi guruh Qo‘shrabot tumanida 2025-yilda birinchi bosqichi ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan granitni qazib olish va qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, loyiha qiymati 50,0 mln. AQSh dollarlik “Fujian Xinwancheng Investment” MChJ xorijiy korxonasi direktori Huang Biao bilan uchrashildi.
Loyiha doirasida joriy yilda 5,5 mln. AQSh dollarlik, yil yakuniga qadar 4,5 mln. AQSh dollar xorijiy investitsiyalar kiritilishi rejalashtirilgan. Hozirda 70 nafar kishi faoliyat olib bormoqda. Korxona ishga tushurilishi bilan 650 nafar aholi doimiy bandligi ta’minlanadi.
Korxonaning granit toshini qazib olish va qayta ishlash quvvati 1,2 ming m3, qayta ishlash quvvati esa 1,5 mln. m2 hamda eskport hajmi 3,0 mln. AQSh dollarni tashkil etadi.
Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, jumladan, erkin iqtisodiy zonalar, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan qulayliklar, xorijiy investorlar uchun berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar hamda bojxona sohasidagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berildi.