Hokim va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini taʼminlash va bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tuman hokimi D.Shakarboyev, tuman prokurori G‘.Abduraxmonov hamda tumandagi masʼul korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tuman Yoshlar ishlari bo‘limida Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglandi. Ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish ta’kidlandi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar hamda taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganilib, ijrosini taʼminlash bo‘yicha masʼullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
