YOSHLARDA MEDIA SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH
Kun sayin jadal suratlarda rivojlanayotgan internet tararmoqlari, bugungi kun yoshlarining o‘z qarashlarini dunyoviy bilimlar bilan boyitishga zamin yaratmoqda. Albatta, bularning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, salbiy tomonlari ham yo‘q emas. Tarmoqlar kuchli ta’sirga ega bo‘lib, bu ta’sir ko‘pincha bolalik davridan boshlanadi. Negaki, o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun tasavvur olami, dunyoqarashi tub burilish kasb etadi. Bugungi kunda inson manaviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyiladigan xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Internet yoshlarni emas, yoshlar internetni boshqarish va aniq informatsiyalarga ega bo‘lishi uchun ularning ongida media savodxonlik, tushunchasini olib kirishimiz lozim. Media savodxonlik - bu tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini ommaviy axborot vositalari orqali uzatilayotgan xabar va belgilarni tahlil qilish, bahalash ko‘nikmalari to‘plamidir. Dunyoning ko‘pgina rivojlangan davlatlarida, AQSH, Kanada, Fransiya, Rossiya, Xitoy, Singapur, Hindiston, Turkiya va Veytnam kabi davlatlarda aynan media savodxonlikni joriy etish bo‘yicha turli xil tadqiqot va dasturlar ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda ham 2021-2022-o‘quv yillaridan boshlab 10-11-sinf o’quvchilarining ,,Tarbiya‘‘ darsligida ,,Media savodxonlik‘‘ bo‘limi kiritildi. Respublikaning O‘zJOKU, TDSHU, O‘zMU, O‘z DTJU, QDU, SamDCHTI kabi oliygohlarning jurnalistika fakulteti va yo‘nalishlarida mukammal media savodxonlik darslari o‘tiladi. Bugun media savodxonlik- axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Media savadxon inson o’ziga bu axborotni kim va nima maqsaddan yaratgan ? Ushbu xabar men uchun zarurmi ? Degan savollarni bera olish va to’g’ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Bugungi axboriy muhutni tushinishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, media savodxonlik nima uchun kerak?
-Huquqiy demokratik jamiyatning to‘laqonli faol fuqorosi sifatida amalga oshiralayotgan islohatlarnig mazmuni-maqsadini tushinish;
-OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash va ko‘nikmalarini shakillantirish;
-Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
-Insonning vizuval obrazlar tasiri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishlarini taxlil eta olish;
-OAV orqali beriladigan matnli komunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
-Axborot qayerda, kim tomonidan va nima maqsadda uzatayapti, kimning manfaatlarini o‘zida aks ettirayapti degan savollarga javob topish uchun zarur.
Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamda yashaymiz va har kuni media savodxonlik muommolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda o‘zini tutish qoidalari va o‘z-o‘zini himoya eta olishni o‘rgatish juda muhimdir. Zero, ertangi kunimiz yoshlarning qo‘lida ekanligini unutmasligimiz lozim.
G.Annaqulova, 15-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi