Kasbim mening faxrim mening
Samarqand viloyat Qo'shrabot tumani Boqi chag'otoy qishlog'i tumandan ancha uzoqda joylashib, yo'llarimiz baland paslikdan iborat atrofida esa qiru adirlar yastanib yotibdi. Odamlarda mashinalar ko'paymasdan oldin qishloq hayori ancha qiyinchilik bilan kun kechirib, piyoda bozor o'charga chiqardi. Shu o'rinda bemorlarimiz ham bir qancha mashaqqatlar bilan tuman markaziy shifoxonalariga olib
borilardi.Qishlog'imiz tuman markazi shifohonasidan 25 km uzoqda joylashgan.
Qishloqning eng jonkuyar patranaj hamshirasi, Feruza Egamberdiyeva 29 yildan biyon o'z kasbini fidoyilaridan bo'lib, qishloq hayoti salomatligini saqlash uchun foliyat yuritib kelmoqda.
Qishloq aholisi ovul ovul bo'lib tarqoq joylashgan, ovullarimiz orasi 3 - 4 kilometr bir kunda bir necha marotaba piyoda yurib, qishlog'imiz keksa - yu yosh bemorlarning ahvolidan habar olib yurish bilan bir qatorda, qishning sovuq kunlari yo'llar muzg'aloq bo'lib, mashinalar yurolmay qolgan paytlari, kezi kelganda homlador ayollarimizga doyalik ham qilib har bir saqlab qolingan hayot, tiklangan salomatlik men uchun katta g'alaba xisoblanadi deydi - Feruza opa suhbat chog'ida.
Ilim fan tehnika rivojlanib, shifoxonalarimiz zamonaviy asboblar bilan jihozlanayotgan davirda, bu chekka qishloqning bemorlarini davolash bilan bir qatorda kasalliklarni oldini olish,
profilaktikasiga ham alohida etibor qaratib, tekshiruvni shunchaki ko'rgazma targ'ibot uchun emas amali ishlar bilan o'tkazib, o'z bilim ko'nikmalarini ishga solib, bir vaqtning o'zida patranaj, akusher - ginekolok tibbiyotning har sohasidan bilim va tajribalari bilan xalqimiz sog'lig'i, kelajagi uchun xolis xizmat qilib kelmoqda. Shu o'rinda aytib o'tish lozimki
Feruza Egamberdiyevadek fidoi jonkuyar hamshiralarimiz borlig'i qishloq hayorining yutug'idir desam mubolag'a bo'lmaydi.
Gulmira Bekqulova Musurmonova