To‘qsonbosti ekinlari mo‘l hosil garovi.
Tumanimizdagi Qo‘shrabot mahallasida yashovchi Ulug‘bek Niyazov tomorqasida to‘qsonbosti ekinlarini ekish tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Qo‘shrabot tuman Fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari, mahalla mas’ullari va tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan seminarda tumanning tajribali dehqonlari to‘qsonbosti ekinlarini ekish, parvarishlash va mo‘l hosil olish borasida bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Seminarda aholining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2025-yil hosili uchun hozirdan harakatga kirishish, ekinlarni o‘z vaqtida ekish zarurligini ta’kidlab o‘tildi.