Navbatdagi sayyor qabul "Zarkent" MFY aholisi uchun o‘tkazildi
Bugun 30-oktabr kuni, tuman hokimi D.Shakarboyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Zarkent mahallasida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida, masʼullarga yo‘naltirildi.