Quvkalla mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida Qo‘shrabot tumanida sayyor qabullar, rahbar va yoshlar uchrashuvlari doimiy o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, kuni kecha Quvkalla mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan turli mavzudagi murojaatlari tegishli tartibda ro‘yxatga olinib ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xalq roziligini, baxtli turmush kechirishini ta'minlashga qaratilgan rahbar va fuqarolar uchrashuvlari joylarda davom etmoqda.