Tumanimiz nuroniylari Nurota ziyoratgohida.
Mamlakatimizda Davlat rahbarining tashabbusi bilan keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Mudofaa Vazirligiga qarashli Qo‘shrabot tumanida joylashgan harbiy qism tashabbusi bilan “Keksalar turizim oyligi” munosabati bilan bugun tumanimiz bir guruh nuroniylari Nurota ziyoratgohida bo‘lishdi.