“Mard askar – yoshlarga namuna”
Qo‘shrabot tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism mas'ullari tomonidan 1-sektor hududida istiqomad qiluvchi yoshlar bilan “Mard askar – yoshlarga namuna” shiori ostida uchrashuvtashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida mas'ullar tomonidan tushunchalar berilib, yoshlar harbiylar bajarayotgan mas’uliyatli vazifalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Tashrif davomida harbiy qism faoliyati, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan javoblar olishdi.