O‘zbekiston ekologik partiyasidan Qoʻshrobot tumani viloyat kengashi deputati Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori professor Hasanov Shavkat Tursunqulovich Qo‘shrobot tumanidagi “Xonnazar” “Shavona” va “Buloqboshi” mahalla fuqarolar yigʻini faollari bilan uchrashib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib muammolar va muhim vazifalar toʻgʻrisida muhokama qildi.
“Shavona” mahallasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Unda Hasanov Shavkat Tursunqulovich ishsiz, norasmiy sektorda band boʻlgan va chet elga ishlagani ketgan yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Barcha yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlarini oʻrganib, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik qilishda yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati