Qo‘shrabotda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Mudofaa Vazirligiga qarashli Qo‘shrabot tumani Zarkent qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismda Sog‘liqni saqlash Vazirligining yetakchi shifokorlari hamda MXKG shifokorlari bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va farzandlari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkillashtirildi.
Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari tashkil qilingan tibbiy ko‘rikda o‘zlarining sog‘ligi bo‘yicha shikoyatlarini terapevt, oftalmolog, ginekolog, travmatolog, nevrapatolog va boshqa shifokorlarga murojaat etib, qo‘shimcha lobaratoriya ko‘riklaridan ham o‘tishdi.
Tibbiy ko‘rikdan asosiy ko‘zlangan maqsad kasalliklarni erta aniqlash, turli xavf omillarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat.