Reyd tadbirlari kuchaytiriladi.
Qo‘shrabot tuman prokuraturasi tomonidan O‘zenergoinspeksiya, energosavdo, elektr va gaz taʼminoti xodimlari ishtirokida reyd tadbirlarini kuchaytirish, noqonuniy ulanishlarga barham berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, elektr va gaz taʼminoti korxonalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati, sifatli va uzliksiz energetika bilan taʼminlash bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, elektr va gazni iqtisod qilish masalasi dolzarbligi nuqtai nazaridan tashkiliy texnik tadbirlarni to‘liq yakunlash va iqtisod qilish ko‘rsatkichlarini bajarish muhokama qilinib, masʼullar ogohlantirildi.