Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – muhim vazifadir.
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida turli xildagi harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmalari, musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, bugun Shovana mahallasida joylashgan 9-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘usining asl mohiyati, har kimning Vatan oldidagi farzandlik burchi nimalardan iborat ekanligi, harbiylikning butun mashaqqatlari, mas’uliyatlari hamda shart-sharoitlar haqida keng turda ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchi yoshlarga harbiy texnika va zamonaviy qurol-aslahalar haqida ma’lumotlar berilib, tosh ko‘tarish va kamondan o‘q otish kabi musobaqalar tashkil etildi.