#Yashil_makon
Ayni vaqtda Mudofaa Vazirligiga qarashli Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar, mahalla nuroniylar jamg‘armasi raisi Sh.Djaniqulov, yoshlar bilan birgalikda "Yashil makon" umum milliy loyihasi asosida ekologik muhitni yaxshilash va atrof-muhitni himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli daraxt ekish ishlari harbiy qism va harbiy shaharchada yashil hududlarni kengaytirish va harbiy xizmatchilar uchun qulay muhit yaratish maqsadida yangi daraxt ko‘chatlari ekish ishlari tashkil etildi.
Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida harbiy xizmatchilar faol ishtirok etib, mintaqaviy iqlim o‘zgarishlariga qarshi daraxtzorlar hosil qilish orqali yerlarning degradatsiyasini oldini olishda o‘z xissasini qo‘shmoqda.
Ushbu turdagi tadbirlar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlash, balki ijtimoiy ongni oshirish va ekologik madaniyatni shakllantirishga ham xizmat qiladi.