MILLIY LIBOS - MILLAT QIYOFASI
Tumandagi barcha tashkilot, mahalla va taʼlim muassasalarida ham milliylikni targ‘ib etish qizg‘in va jozibalarga boy tarzda o‘tmoqda.
Jumladan, tumandagi 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham “Milliy libos -millat qiyofasi” shiori ostida oʻqituvchilar va oʻquvchilar milliy liboslarda taʼlim maskaniga kelish bilan birga, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar ham oʻtkazilmoqda.