Mahallalarda milliylik asosida sumalak sayli boshlab yuborildi.
Sumalak tayyorlash odati qadim zamonlardan kelib chiqqan bo‘lib, uning tayyorlanish jarayoni va tarkibi milliy qadriyatlarimizni, o‘ziga xosliklarni aks ettiradi.
Sumalak va kiyinish madaniyati o‘rtasidagi bog‘lanish o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlarini, urf-odatlarini va yangi yil boshlanishidagi umidlarini aks ettiradi. Sumalak tayyorlashdagi kiyimlar, ayniqsa, bayramning ramzi bo‘lgan nafosat, tinchlik va birligini ko‘rsatadi. Bu jarayonda kiyinish nafaqat tashqi ko‘rinish, balki xalqning ma'naviy holatini, jamiyatdagi o‘rnini ham ifodalashga xizmat qiladi.
Sumalak tayyorlash jarayoni – nafaqat taom tayyorlash, balki milliy urf-odatlar, qadriyatlar va birlikni mustahkamlash marosimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Jumladan, Jo‘sh ota mahallasida ham milliylik ramzi bo‘lgan doshqozonda sumalak sayli milliy liboslarda o‘tkazilmoqda.