82-maktabga kitoblar jamlanmasi topshirildi
Kitob-insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo'lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo''tabar va muqaddas deb hisoblagan. Buning uchun kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.
Bugun, 14-Dekabr kuni Samarqand Davlat chet tillari instituti rektori F.Roʻziqulov, Qoʻshrabot tumani hokimi oʻrinbosari X.Kubayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sh.Ziyaddinov tomonidan 82 nafar oʻrta maktab oʻquvchilariga topshirildi.