#Seminar
Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’limning samarali shakllari va usullarini joriy etish maktabgacha ta’lim tashkilotlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Uzluksiz ta’limning bosh bo‘g‘ini hisoblanmish maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifasi bolani sog‘lom, har tomonlama rivojlangan va erkin shaxs sifatida shakllantirish, bolalarning qobiliyatlarini aniqlab, rivojlantirish, ta’lim olishga bo‘lgan intilishini tarbiyalashdir.
Shu bois tuman Maktabgacha va maktab ta'lim bo‘limi tomonidan "Bolalarni erta yoshdan rivojlanishni takomillashtirish" loyihasi doirasida Qo‘shrabot tuman 1-DMTT da o'quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.