Tumandagi 18,22,75-maktablarida kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!
Bugun, tumandagi 18, 22, 75-maktablarida kitoblar yarmarkasi tashkil etilib, unda faol nuroniylar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida kitoblar o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘quvchilarni mutolaaga jalb etish maqsadida kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Homiylar tomonidan o‘quvchilarga turli kitoblar sovg‘a qilinib, yosh kitobxonlarning bilim olishi va ijodiy rivojlanishiga hissa qo‘shildi.
Ushbu yarmarka o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.