Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Bugun, tuman hokimi D.Shakarboyev boshchiligida sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Djaniqulov, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tuman markazidagi 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida xususan, fuqarolar tomonidan ishga joylashish, elektr energiya, uy-joyini ta’mirlash, gaz ballon olish uchun amaliy yordam, moddiy yordam, kredit olish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va shu kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi.
Muammolar yechimi yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, muddattalab murojaatlar ijrosi tegishli mas’ullar zimmasiga yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.