Tuman hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Bugun, tuman hokimi D.Shakarboyev boshchiligida sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri B.Yusupov, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Djaniqulov, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tuman markazidagi 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida navbatdagi ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, joyida hal qilish imkoni boʻlgan murojaatlar qanoatlantirildi. Atroflicha oʻrganib muddat talab etiladigan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.