Shavona mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida Qo‘shrabot tumanida sayyor qabullar doimiy o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, bugun Shavona mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan turli mavzudagi murojaatlari tegishli tartibda ro‘yxatga olinib ularning ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.