Sayyor qabul o‘tkazildi.
Bugun, 25-mart kuni Qo'shrabot tumanida Samarqand viloyat IIB JXX yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i Polkovnik Bayxurazov Shavkat Allamurodovichning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasida sayyor qabuli o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.
Qabul davomida murojaatlar xususan, maktablar oldiga piyodalar yo'lakchasi chizish, Intizor bekatida taksilar uchun turar joy tashkil qilish, yo'llardagi notekisliklarni oldini olish shu kabi masalalar kelib tushdi.
Bildirilgan aholi muammolari yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.